

3 martgacha UEFA Germaniya va Turkiyadan rasmiy arizani qabul qildi. Shu tariqa, aynan shu ikki davlatdan biri Yevropa chempionatini qabul qiladi. Skandinaviya davlatlari birgalikda musobaqaga mezbonlik qilmoqchi bo'lishgandi, biroq ariza topshirilmadi.
Germaniya 1988 yil Yevropa chempionatini o'tkazgandi, bu mamlakatda JCH-1974 va JCH-2006 ham bo'lib o'tgan. Turkiya esa hozirgacha katta musobaqaga mezbon bo'lmagan.




