

Italiyaning Yuventus klubi futbolchilari Evro-2020 turnirida eng ko'p gol urgani ma'lum bo'ldi. Jamoa musobaqa davomida 12 ta golni hisobiga yozdirib qo'ygan. Gollar o'yinchilar o'rtasida quyidagicha taqsimlangan:
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) - 5 ta;
Alvaro Morata (Ispaniya) - 3 ta;
Federiko Keza (Italiya) - 2 ta;
Aaron Remzi (Uels) - 1 ta;
Leonardo Bonuchchi (Italiya) - 1 ta.
Eslatib o'tamiz, turnirda Italiya terma jamoasi g'olib bo'ldi.



