

Shotlandiya terma jamoasi Yevropa chempionati 3-turida Xorvatiyaga yutqazdi (1:3). Shu tariqa Stiv Klark boshqaruvidagi shotlandiyaliklar "D" guruhida to'rtinchi o'rinni olishdi va Evro-2020'dan chiqib ketishdi.
3-turdan so'ng "D" guruhidagi holat

Angliya guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi, endi jamoa 1/8 finalda "F" guruhi (Fransiya, Germaniya, Portugaliya va Vengriya)da ikkinchi o'rinni olgan terma bilan o'ynaydi.
Xorvatiya guruhda ikkinchi o'rinni oldi va "E" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan terma (Ispaniya, Slovakiya, Shvetsiya va Polsha) bilan to'qnash keladi.
Chexiya esa pley-offda Belgiya, Niderlandiya yoki "E" guruhi g'olibi (Shvetsiya, Slovakiya, Ispaniya va Polsha) bilan bahs olib boradi.



