Evro-2020. Italiya TJ musobaqa uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
30 may 2021, 22:57
Italiya termasi ustozi Roberto Manchini quyidagi futbolchilarni ro'yxatga kiritdi:

Darvozabonlar – Janluiji Donnarumma (“Milan”), Aleks Meret (“Napoli”), Salvatore Sirigu (“Torino”).

Himoyachilar – Franchesko Acherbi (“Lacio”), Alessandro Bastoni (“Inter”), Leonardo Bonuchchi, Jorjo Kellini (ikkisi – “Yuventus”), Jovanni Di Lorenco (“Napoli”), Emerson (“Chelsi”), Alessandro Florenci (PSJ), Janluka Manchini, Leonardo Spinaccola (ikkisi – “Roma”), Rafael Toloi (“Atalanta”).

Yarim himoyachilar – Nikolo Barella, Stefano Sensi (ikkisi – “Inter”), Brayan Kristante, Lorenco Pellegrini (ikkisi – “Roma”), Jorjino (“Chelsi”), Manuel Lokatelli, Domeniko Berardi (ikkisi – “Sassuolo”), Matteo Pessina (“Atalanta”), Marko Verratti (PSJ), Federiko Bernardeski, Federiko Keza (ikkisi – “Yuventus”), Lorenco Insine, Matteo Politano (ikkisi – “Napoli”).

Hujumchilar – Andrea Belotti (“Torino”), Chiro Immobile (“Lacio”).

Eslatib o'tamiz, italiyalikning guruh bosqichidagi raqiblari Turkiya, Uels va Shveytsariya bo'ladi.

 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Vivo_Azzurro