Jangovar durang qayd etilgan bahsda Germaniya keyingi bosqichga yo'l oldi

Mirjalol Normatov
24 iyun 2021, 01:53
Yevropa chempionatining "F" guruhi doirasidagi 3-tur bahsi Germaniya - Vengriya uchrashuvi yakunlandi


Germaniya - Vengriya 2:2

Gol: 11 - Adam Salai (0:1), 67 - Xaverc (1:1), 68 - Andrash Shafer (1:2), 84 - Leon Gorecka (2:2) 

Germaniya - Noyer, Ryudiger, Ginter, Xummels, Kimmix, Xaverc, Kroos, Gnabri, Sane, Gosens, Gyundogan.

Vengriya - Gulashi, Attila Salai, Fiola, Orban, Nego, Nagi, Adam Salai, Shafer, Klyaynxáysler, Sallay, Botka.

Ogohlantirish: Endre Botka, 28, Gyundogan, 29, Sane, 61,  Adam Salai, 64


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

Leon Goreckaning goli Germaniyaning keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Agar shu hisob uchrashuvda saqlanib qolsa...

84. GOOOOOOOOOOL. Leon Gorecka hisobni tenglashtirmoqda.

81. UXXXXXX. Kroos va Gosens ajoyib hujum tashkil qilishdi, biroq Toning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi

80. ZARBA. Kroosning uzatmasini Myuller boshi bilan zarba yo'lladi, ammo ancha noaniq

78. Nemislar bor kuchlarini o'tgan turda bo'lib o'tgan Portugaliyaga qarshi uchrashuvda tugatgandek tuyilmoqdalar. Hozircha nemislar raqiblarining darvozasiga bosim qilishni uddalamayapti

75. O'zgarish: Sallay maydoning tark etdi, uning o'rniga Sabolch Shen maydonga tushmoqda

68. GOOOOOOOOOOOOL.  Andrash Shafer hisobni yana vengerlar hisobiga o'zgartirmoqda

67. GOOOOOOOOOOOOL. Xaverc hisobni ochdi

66. Ogohlantirish. Ikkinchi bo'limda vengerlar nemislarni "chopish"ni boshlashdi. Bu safar Ottilo Fiolo hakam tomonidan ogohlantirildi

64. Ogohlantirish: Adam Salai hakam tomonidan ogohlantirildi

62. ZARBAAAA. Sallayning jarimadan yo'llagan zarbasi, to'singa tegdi

61. Ogohlantirish. Sane ochiqchasiga to'pni qo'li bilan o'ynadi va rossiyalik hakam ogohlantirdi

58. O'zgarish: Gyundagan maydoni tark etdi, uning o'rniga Gorecka maydonga tushdi

52. ZARBAA. Xaverc jarima maydoning yonginasidan kuchli va aniq zarba yo'lladi, biroq mehmonlar darvozaboni to'pni ushlab oldi

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

39. ZARBAA. Adam Salai ham uzoqdan zarba yo'lladi, biroq nemislar darvozaboniga bu zarba qiyinchilik tug'dirmadi

38. ZARBAA. Andrash Shaferning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

36. Myunxenda qattiq yomg'ir yog'moqda

29. Ogohlantirish: Gyundogan ogohlantirildi

28. Ogohlantirish: Endre Botka maydon markazida qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

21. ZARBAAAA. Gol o'tkazib yuborgan Germaniya terma jamoasi hujumlar tashkil etishni davom ettirmoqda. Bu safargi burchak zarbasidan so'ng Xummels boshi bilan zarba yo'lladi, ammo vengerlar baxtiga to'p ustunga tegdi

11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Adam Salai hisobni ochmoqda

6.  Adam Salai yaxshi vaziyatga chiqib bordi, biroq Noyer to'pni ushlab oldi

4. ZARBAAA. Nemislardan dastlabki xavfli xujum. Qanot himoyachisi Kimmix hujumga bordi va zarba yo'lladi, ammo darvozabon to'pni ushlab oldi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia