Evro-2020. Daniya - Rossiya o'yini Sankt-Peterburgda o'tkazilishi mumkin

Alisher
27 apr 2020, 14:05
Evro-2020 doirasidagi Rossiya va Daniya jamoalari o'rtasidagi o'yin Sankt-Peterburgga ko'chirilishi mumkin.

Bu Daniya "Tur de Frans" tufayli Evro-2020ni o'tkazishdan rasman voz kechganda amalga oshadi. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi.

Daniya futbol federatsiyasi rahbari Yesper Myoller bu ma'lumotni tasdiqladi va Yevropa chempionatini o'tkazishni 50ga 50 deya baholadi. Sankt-Peterburg Evro-2020 o'yinlariga tayyorligini rasman bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi guruh bosqichiga Daniya, Belgiya va Finlyandiya termalari bilan bahs olib boradi. Rossiyaliklar guruh bosqichidagi uch o'yindan ikkitasini Sankt-Peterburgdagi "Gazprom Arena"da o'tkazadi. Daniyaliklar bilan o'yin esa Kopengagenda bo'lib o'tadi.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif