Evro-2016da o'ynayotgan "Liverpul"ning barcha 12 futbolchisi keyingi bosqichga chiqdi

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2016, 13:14
Kecha Evro-2016 guruh o'yinlari yakuniga etdi.

Ushbu chempionatda "Liverpul"ning 12 nafar futbolchisi ishtirok etmoqda va bu klublar o'rtasida eng yaxshi natija hisoblanadi.

"Qizillar" "Tvitteri"ning ma'lum qilishicha, klubning Evro-2016da ishtirok etayotgan barcha futbolchilari o'z jamoasi bilan keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

Yevropa chempionatidagi "Liverpul" futbolchilari:

Angliya: Nataniel Klayn, Jeyms Milner, Jordan Xenderson, Adam Lallana, Deniel Starrij.

Belgiya: Simon Minole, Kristian Benteke, Divok Oriji.

Uels: Jo Allen, Denni Uord.
Germaniya: Emre Jan.
Slovakiya: Martin Shkrtel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia