

Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadigan tadbirda Jahonning mashhur futbolchilari va murabbiylari ishtirok etishadi.
Qur'a tashlash marosimida Ruud Gullit (Gollandiya), Biksent Lizarazyu (Fransiya), Oliver Birxoff (Germaniya), Angelos Xaristeas (Gretsiya), Antonin Panenka (Chexoslovakiya), David Trezege (Fransiya) va Visente del Boske (Ispaniya) kabi mashhurlar qatnashishadi.

2016 yilgi Yevropa chempionatida ilk bor 24ta jamoa ishtirok etadi. Qita chempionati bir oy davom etadi (10 iyun - 10 iyul). O'yinlarni Fransiyaning 10ta shahri qabul qiladi: Bordo, Lans, Lill, Lion, Marsel, Tuluza, Sent-Eten, Nicca, Parij va Sen-Deni.
Ertangi qur'a tashlash jarayonidan so'ng 24ta jamoa 6ta guruhga taqsimlanadi.
Eslatib o'tamiz, qur'a tashlash marosimi ertaga Toshkent vaqti bialan soat 22:00da Uzreport telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.




