
Ushbu uchrashuvni sloveniyalik hakam Damir Skomina boshqaradi. Asl kasbi turiz bo'yicha menejer bo'lgan referi kelishilgan uchrashuvda ishtirok etgan, ammo buni o'zi bilmagan. 2004 yilda bo'lgan o'sha bahs Chempionlar ligasining birinchi bosqichi doirasida o'tkazilgan edi. Makedoniyaning "Pobeda" klubi Armanistonning "Pyunik" jamoasiga kutilmaganda 1:3 hisobida mag'lub bo'ladi. Tez orada ishtirokchilar 8 yilga futboldan chetlatilgan edi.