EVRO-2016. Angliya Fransiyaga yo'llanma olgan dastlabki jamoa

Narzulla Saydullayev
6 sen 2015, 09:03
Angliya terma jamoasi EVRO-2016 saralashidan muvaffaqiyatli o'tgan ilk jamoaga aylandi.

San-Marino terma jamoasini mag'lub etgan Angliya terma jamoasi saralash bosqichidagi 7ta o'yinning 7tasida g'olib chiqdi. Roy Xojson shogirdlari EVRO-2016 mezboni hisoblangan Fransiyadan keyin qita chempionatida ishtirok etadigan ikkinchi jamoa bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, saralash bosqichida guruhlarda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar EVRO-2016ga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olishadi. Uchinchi o'rinlar orasida eng yaxshi natija qayd etgan bir jamoa ham ularga qo'shiladi. Uchinchi o'rinni olgan qolgan 8 jamoa o'zaro pley-off orqali 4ta yo'llanma uchun kurashishadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com