Evgeniy Konyuxov: "Neftchi"ga o'tishim tavakkal emasdi. Jamoaga yordam berishni istadim"

Iskandarov Abdulaziz
6 dek 2022, 16:02
Ushbu mavsum ikkinchi davrasida "Neftchi"ga kelib qo'shilgan rossiyalik darvozabon Evgeniy Konyuxov jamoani tark etganidan xabaringiz bor.

Darvozabon Farg'ona klubidagi qisqa faoliyati va jamoadan nima uchun ketgani haqida to'xtalib o'tdi. 

- Evgeniy "Neftchi"dagi qisqa faoliyatingiz qanday kechdi?

- Mavsum haqida to'liq fikr bildira olmayman. Chunki jamoaga ikkinchi davrada kelib qo'shildim. Oddiy bo'lmagan, qiziqarli lahzalarni o'tkazdik. Muhimi oldimizga qo'yilgan vazifani bajarganimizdan xursandman. 

- Bu jamoaga o'tish tavakkal qabul qilingan qarormidi? Chunki qiyin vaziyatdagi jamoaga kelishga har kim ham botina olmaydi...

- Asosiysi jamoaning vazifasi mavjudligi. Men uchun bu muhim hisoblanadi. Qandaydir xavf haqida o'ylamaganman. "Neftchi"ning Superligada qolishiga ko'maklashmoqchi edim, xolos. 

- Mavsum yakunlangach farg'onaliklar bilan xayrlashdingiz. Kelishuv shunday edimi yoki sizning xohishingiz bilan bo'ldimi?

- Shartnoma tugadi. 


- Klub yangi shartnoma taklif qildimi?

- Yo'q. Men so'ramadim.

- Murabbiylar shtabi, muxlislar qanday taassurot qoldirdi?

- Ishqibozlarga qo'llab- quvvatlashgani uchun rahmat aytaman.  Ularni har doim ham ijobiy natija bilan xursand qilishning imkoni bo'lmadi.  Shunga qaramay doim biz bilan birga bo'lishdi. Murabbiylarning har biridan nimadir o'rgandim. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia