

The Telegraph nashri xabariga ko'ra, Marku Silvaning iste'fosidan keyin shotlandiyalik mutaxassis ushbu lavozim uchun da'vogarlar ichida favoritga aylandi.
Ammo "Everton" muxlislari Moyesning jamoaga qaytishini xohlashmayapti. Bu haqida ESPN nashri ma'lum qildi. O'tgan hafta "Gudison Park"da shotlandiyalik mutaxassisga qarshi banerlar ham paydo bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Devid Moyes "Everton" klubini 2003-2012 yillarda boshqargandi.




