"Everton" Isko uchun 20 million evro to'lashga tayyor

Alisher
19 noya 2020
"Real" yarim himoyachisi Isko faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "ko'klar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qiziqish bildirmoqda.

Yozda "Real"dan Xames Rodrigesni xarid qilgan "Everton" uning sobiq jamoadoshiga 20 million evro to'lashga tayyor. Madridliklarning bu narxni ko'tarishga urinishlari istisno etilmayapti.

Oldinroq, "Real" 28 yoshli Iskoni transfer qo'ygani aytilgan edi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bu qarorga rozilik bildirgan.

Xavbek joriy mavsum 6ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es