"Everton" yetakchisi bir yarim oyga safdan chiqdi

Tolibjon Qosimov
17 avg 2017
"The Daily Mail"ning ma'lum qilishicha, "Everton"ning hujumkor yarim himoyachisi Ross Barkli tizzaosti mushagidan olgan jarohat sabab bir yarim oyga safdan chiqdi.

O'yinchi mashg'ulotda jarohat olgan edi va avgustning qolgan qismi va sentyabrni to'liq o'tkazib yuboradi. Aynan shu sabab Barklining "Chelsi" yoki "Tottenxem"ga transferi amalga oshmasligi mumkin.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Daily Mail