

"Shaharliklar" futbol uchrashuvlarini o'tkazadigan maydonni raqobatchilariniki bilan tenglashtirish maqsadida 300 mln funt sarflaydi.
Rejaga binoan stadionning Shimoliy Stendi ikkinchi qavatiga yana 7700 o'rindiq joylashtiriladi. Ishlar joriy yilning noyabr oyida boshlanib, 2025/26 yilgi mavsum uchun tayyor holga keltirilishi ko'zda tutilgan.
Shuningdek, klub egalari infratuzilmani yanada yaxshilash uchun xarajatlarning umumiy miqdorini 1 milliard funtga etkazishni o'ylamoqda. Qayta qurish jarayonida kampusni yanada modernizaciya qilish uchun yangi mehmonxona, yopiq fan-park, megado'kon va muzey barpo qilinadi. Shu bilan bir qatorda, mashg'ulot maydonchalari va jamoat markazlari quriladi.
Agar qurilish rejasi tasdiqlansa, stadiondagi yangilanishlar 2025/26 yilgi mavsumgacha, boshqa binolar esa bir yildan keyin foydalanishga topshiriladi. Ushbu loyiha 2600 yangi ish o'rnini yaratishi kutilmoqda.



