ESPN: Lautaro MYUga o'tmaydi

6 fev 2020, 23:20
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martines "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi.

MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yozda kamida bitta markaziy hujumchi xarid qilmoqchi edi. Jamoa skautlari Martines "Yunayted"ga mos kelishiga amin bo'lishgan. Ammo "qizil iblislar" rahbariyati argentinalik futbolchi "Barselona"ga o'tishni niyat qilganini tushunib etgan va transfer borasidagi muzokaralardan muvaffaqiyatli natija kutmayapti. Bu ma'lumotni ESPN telekanali ham tasdiqlagan.

Eslatib o'tamiz, "Inter" hujumchisining tovon puli 111 million evroni tashkil qiladi va u katta ehtimol bilan yozda Milan klubini tark etishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN