ESPN: Iguain, Di Mariya, Lavessi va Bigliya ham Argentina termasidan ketmoqda

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2016, 12:11
Argentina terma jamoasining Amerika kubogi finalida mag'lub bo'lgani futbolchilarga juda qattiq ta’sir qilgan ko'rinadi.

Sababi yana to'rt futbolchi milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi. Bular Gonsalo Iguain, Esekiel Lavessi va Lukas Bigliya, deb xabar bermoqda ESPN.

Ular ortidan Anxel Di Mariya ham ketishga tayyor.

Oldinroq Lionel Messi, Xaver Maskerano va Serxio Aguero terma jamoadagi faoliyatlarini tugatishgani haqida e'lon qilishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.co.uk