"Espanol" ustozi: "Real"da inqiroz? Latifadek eshitilyapti"

Aslanov Jasurbek
21 sen 2024
"Espanol" ustozi Manolo Gonsalesning takidlashcha, "Real"da hech qanday inqiroz yo'q.

5ta turdan so'ng "Real" LaLiga jadvalida "Barselona"dan 4 ochkoga ortda qolib, 3 o'rinni egallab turibdi.

Bugun "Real" "Espanol"ni qabul qiladi, bahs 23:59da start oladi.

- Jamoangiz oxirgi marta "Santyago Bernabeu"da g'alaba qozonganiga 28 yil bo'libdi.

- Bu erda dunyodagi eng ko'p sovrin yutgan jamoa to'p tepadi. Ushbu stadiondan rohatlana olmaysan, arenaning mehmonlari ochko olish uchun ko'p azob chekishiga to'g'ri keladi.

- "Real"dagi inqirozga ishonasizmi, bu haqidagi mish-mishlar bo'yicha nima deya olasiz?

- "Real"da inqiroz? Latifadek eshitilyapti. Bu murabbiy, bu futbolchilar, bu stadion va bu muxlislar... Rostdan ham latifaga o'xshaydi, ha mayli.

- "Bernabeu"da ochko olish uchun "Espanol" nima qilishi kerak?

- Birinchi navbatda jamoa bo'lib o'ynash va ko'proq etironi himoyaga qaratish.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena SER