Eshitdik-da! Transferlarda to'xtamayotgan "Neftchi" Cheranga taklif bilan chiqdi, u kelsa Masharipov ham kelishi mumkin

Tolibjon Qosimov
9 dek 2024, 22:03
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Neftchi" jamoasi bir necha yillardan beri "Paxtakor" yetakchisi va to'purari bo'lib kelgan Dragan Cheranga taklif bilan chiqqan. Ayni paytda farg'onaliklar ketma-ket yangi transferlarni e'lon qilib borishayotganidan xabaringiz bor. Bizdagi ma'lumotga ko'ra, jamoa O'zbekiston MTJ yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipovga ham taklif bilan chiqqan. Masharipov agar Cheran "Neftchi"ga kelsa taklifni o'ylab ko'rishini aytgan.


Ma'lumot uchun, Cheran ketma-ket 6 mavsumdan beri chempionatimizda to'purar bo'lib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia