

Eshitishimizga qaraganda, o'tgan mavsumni "Sho'rtan"da o'tkazgan tajribali darvozabon Temur Jo'raev yangi mavsumni "Paxtakor"da o'tkazishi mumkin.
"Paxtakor"ning asosiy kiperi Aleksandr Lobanov Eronning "Persepolis" jamoasiga o'tganidan so'ng "sherlar" uning o'rnini Temur Jo'raev bilan to'ldirishni rejalashtirishgan.
Ayni paytda ushbu darvozabon erkin agent sanaladi.
Eslatib o'tamiz, Temur Jo'raev avval ham "Paxtakor" safida o'ynagan.



