Eshitdik-da! "Paxtakor"ning navbatdagi transferi ma'lum. U o'tgan yil "Navbahor"da o'ynagandi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2024, 15:46
O'zbekiston chempioni o'z safiga yarim himoyachini qo'shib olishga yaqin.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, o'tgan mavsum "Bunyodkor" va "Navbahor"da o'ynagan Doniyor Abdumannopov tez orada "Paxtakor" bilan shartnoma tuzadi. 

Futbolchi 2023 yil barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia