Eshitdik-da! "Paxtakor" jamoasi "Surxon" yetakchilaridan biriga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
6 dek 2024, 12:51
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

4 dekabr kuni yangi murabbiyni ommaga tanishtirgan "Paxtakor" jamoasi ham sekin-asta transferlarga qo'l urishni boshladi. "Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "sherlar" "Surxon" jamoasi yetakchilaridan biri, o'ng qanot himoyachisi Sunnatilla Hamidjonovga qiziqish bildirishmoqda. Hamidjonov ortda qolgan mavsum PFLning ramziy terma jamoasidan joy olgan edi.


Eslatib o'tamiz, Sunnatilla Hamidjonov 2024 yil "Surxon" safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia