

Sal oldin saytimizda Farruh Ikromovning "lochinlar" safini tark etishi haqida xabar bergan edik. Endi navbat hujum poziciyasi vakillariga.
Ma'lumotlarga ko'ra, Shohruz Norxonov ham klub bilan xayrlashadi. Forvard katta ehtimol bilan "So'g'diyona"ga qaytadi. Unga Ulug'bek Bakaev boshchiligidagi "Buxoro" tomonidan ham qiziqish bo'lgan edi, lekin Norxonov yakunda Jizzax variantida to'xtalgan.

Ma'lumot uchun, futbolchi ortda qolgan vaqt mobaynida Superligada 11 ta o'yinda harakat qildi va 1 ta gol urdi. Faqatgina 1 ta uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshladi va jami 278 daqiqa to'p tepdi. O'zbekiston Kubogi guruh bosqichida 3 ta bellashuvda 163 daqiqa o'ynadi va 1 ta to'p kiritdi.



