

"Navbahor" klubi yangi mavsum uchun harakatni boshlab yuborishgan. Championat.asia saytining ma'lumotlariga ko'ra, "lochinlar" Eronning "Istiqlol" klubi chap qanot himoyachisi Abulfazl Jaloliga qiziqish bildirmoqda.
24 yoshli futbolchi Eron terma jamoasi safida Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etdi hamda AQSHga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushirildi.
Jaloli bungacha "Saypa" klubi sharafini ham himoya qilgan. Futbolchining "Istiqlol" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali eronlik himoyachini 400 ming evroga baholagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Navbahor" Farruh Ikromov bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.




