Eshitdik-da! Iroq terma jamoasi a'zosi "Paxtakor"ga o'tishga yaqin

Абдулвосит Бектемиров
1 dek 2024, 17:35
Mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Paxtakor" keyingi mavsum uchun tarkibini kuchaytirishni boshlab yuborgan.

Saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirovning ma'lumotiga ko'ra, Iroq milliy terma jamoasi a'zosi Bashar Resan "Paxtakor"dan taklif olgan. Futbolchining o'zi ham ayni damdagi klubi "Eyr Fors"dan uni qo'yib yuborishlarini so'ragan. Yani Resanning o'zi ham "sherlar" safiga ko'chib o'tish istagini bildirgan.

Ma'lumot uchun, 27 yoshlik hujumkor yarim himoyachi(va vinger) Iroq milliy terma jamoasi safida 60ta uchrashuvda maydonga tushgan va 4 golga mualliflik qilgan. Resan faoliyati davomida "Eyr Fors", "Qatar SK", "Al Marhiya" va "Persepolis" klublarida faoliyat yuritgan.



O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia