Eshitdik-da! Ignatiy Nesterov "Lokomotiv"ga qaytmoqda

Mirjalol Normatov
18 fev 2023
Tajribali posbon, O'zbekiston milliy termasining sobiq darvozaboni Ignatiy Nesterov faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettirishi mumkin.

Bizga ma'lum bo'lishicha, tomonlar ayni damda muzokaralar jarayonida. Agarda kelishuvga erishilsa, posbon sobiq klubi bilan yana shartnoma imzolaydi. Nesterov 2014-2018 yillar davomida "Lokomotiv" tarkibida harakat qilgan.

O'tgan mavsumni "Qizilqum" tarkibida o'tkazgan Nesterov 20 o'yinda maydonga tushib, 25ta gol o'tkazib yubordi. Eslatib o'tamiz, Pro-ligada transfer oynasi 28 fevral kuni yopiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia