Eshitdik-da! "Dinamo" ham Turkiyaga boradi

Mirjalol Normatov
20 yanv 2022
Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikning dastlabki bosqichini yakunlashmoqda.

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bugun Turkiya yig'iniga yo'l olgan bo'lsa, fevral oyining ilk kunlaridan boshlab esa "Paxtakor",  "Bunyodkor", AGMK,  "Qizilqum",  "Olimpik",  "Navbahor" jamoalari Antaliyada mashg'ulotlarni davom ettiradi. 

Ular qatoriga Samarqandning  "Dinamo" jamoasi ham qo'shilishi kutilmoqda. Klub ayni paytda xorijga chiqishni rejalashtirgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia