Errera PSJ bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

Aslanov Jasurbek
9 may 2019, 15:14
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera yozda PSJga o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xavbek Parij klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

29 yoshli futbolchining mankunianlar bilan bitimi joriy mavsumning oxirida yakuniga etadi, shu sababli u hozirdanoq boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishi mumkin. Shunday qilib, Errera erkin agent sifatida PSJga o'tadi.

Oldinroq, ispanliyalik xavbek yangi klubida haftasiga 200 ming funt olishi e'lon qilingan edi. Futbolchining MYUdagi haftalik maoshi 80 ming funt.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser