Eron terma jamoasining uch futbolchisida koronavirus aniqlandi. Ularning Janubiy Koreyaga qarshi o'ynashi so'roq ostida

Xayrulla Xoliqov
23 mar 2022, 17:54
Ma'lumki, 25 mart kuni Osiyoda JCH saralash uchinchi bosqich o'yinlari davom ettiriladi.

Shu kuni 9-turdan o'rin olgan Janubiy Koreya - Eron uchrashuvi bo'lib o'tadi. Jahon chempionatiga chiqish vazifasini muddatidan oldin hal qilgan Eron terma jamoasining uch nafar yetakchisi koronavirus yuqtirib oldi. Bular - Alirizo Jahonbaxsh, Mehdi Taremi va Saman Goddos. 

Endilikda shu futbolchilarning Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Bundan tashqari jamoa boshlig'i Hamid Estili bilan yordamchi murabbiy Karim Bagerida ham test natijasi musbat chiqdi. 

Janubiy Koreya - Eron bahsi shu haftaning payshanba kuni "Seoul World Cup" stadionida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif