Eron Dohada yig'in o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
9 noya 2018
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Eron terma jamoasi Qatar poytaxtida yig'in tashkil etadi.

Yig'in keyingi oyga mo'ljallangan bo'lib, eronliklar Dohaga 10 dekabr kuni borishadi. U erda Karlush Keyrush shogirdlari 2 yanvarga qadar bo'lishadi. Yig'in davomida Eron termasi Qatar, Suriya va Xitoy terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Eron shuningdek, 20 noyabr kuni ham Dohada o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Bunda jamoaga Venesuela raqiblik qiladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com