

"Nasaf"da 20-raqam ostidan harakat qilgan Boydullaev "Qizilqum"da 44-raqamda o'ynaydigan bo'ldi.
"Qizilqum"da 20-raqamda boshqa futbolchi ro'yxatdan o'tgani bois mavsum yakuniga qadar ushbu raqam egasi almashtirilmaydi.
Boydullaev bugun "Qizilqum" safida "Lokomotiv"ga qarshi birinchi davraning qoldirilgan bellashuvida debyut qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda Boydullaev "Loko" darvozasini "ajdarlar" safida ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgandi.



