Erik ten Xag: "Reshford yaxshi holatda emas"

Mirjalol Normatov
11 noya 2023, 00:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Markus Reshfordning holatidan mamnun emasligini aytdi.

Reshford YCHLning 4-turida "Kopengagen"ga qarshi o'yinda hisob 2:0 bo'lib turgan vaqtda qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Yakunda jamoasi 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

"U norozi, biz ham. U o'zidan ko'prog'ini kutgandi, biroq hozir u o'zining eng yaxshi holatida emas. U hali qaytishini bilaman, yaxshiroq o'ynay olishini va gollar urishini kutyapman. Bunga ishonaman. Markus hali o'z o'yinini yaxshilay oladi.

U barchasini tushunib turibdi va hali to'g'ri yo'lga tushib oladi. Bu balki kutganimizdan tezroq bo'lar. Bazida jamoaning ochilib ketishi uchun birgina o'yin kerak bo'ladi. Ishonaman, hali shunday qila olamiz", - dedi Erik ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal