

Erik Bayi Fransiya kubogida "Yer" klubiga qarshi o'yinning 15-daqiqasida oyog'i bilan raqibining ko'krak qafasiga zarba bergandi. Buning oqibatida futbolchi Almike Ndiayning qovurg'asi singandi. Bundan tashqari, futbolchining oshqozoni ham lat egan va ichki qon ketish yuz bergan.
Fransiya futbolchi federatsiyasi tartib-intizom qo'mitasi esa ushbu harakat uchun Erik Bayini 7 ta o'yinga chetlatdi.
Ma'lumot uchun, Erik Bayi Fransiya chempionatida 6 ta o'yin o'tkazgandi.





