Eplmanager.com. Bugun 3-tur uchun dedlayn

Narzulla Saydullayev
23 avg 2019
Bugun, 23 avgust kuni tunda Angliya premer-ligasida uchinchi tur start oladi.

O'zbek futbol muxlislari uchun virtual futbol begona emas. www.eplmanager.com sayti ko'plab o'quvchilarimizga tanish. Bu saytga kiring, ro'yxatdan o'tib, Angliya premer-ligasi klublari futbolchilaridan jamoa tuzing va boshqa ishtirokchilar bilan bellashing.

APL yulduzlari Muhammad Salah, Virgil Van Deyk, Son Xon Min, Kevin De Bryuyne, Xarri Keyn, David De Xea va Serxio Aguero kabi futbolchilar endi sizning jamoaingizda bo'lishi va ochko keltirishi mumkin. Dunyoning eng qiziqarli ligasini www.eplmanager.com sayti bilan yanada qiziqarli qiling.

2019/2020 yilgi mavsumda www.eplmanager.com saytida g'olib bo'lgan uch nafar ishtirokchi qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritadi: 

1-o'rin: eng so'nggi modeldagi iPhone
2-o'rin: eng so'nggi modeldagi Samsung
3-o'rin: eng so'nggi modeldagi Oppo


4-turdan boshlab maxsus sovrinli liga ham ishga tushiriladi. Bu liga haqida alohida xabar beramiz.



 

Ikkinchi tur dedlayni 17 avgust Toshkent vaqti bilan soat 16:10da tugaydi.


Angliya premer-ligasi
3-tur juftliklari

23 avgust
Aston Villa - Everton

24 avgust
Norvich - Chelsi
Brayton - Sautgempton
Manchester Yunayted - Kristal Pelas
Uotford - Vest Xem
Sheffild Yunayted - Lester
Liverpul - Arsenal

25 avgust

Bornmut - Manchester Siti
Tottenxem - Nyukasl
Vulverxempton - Bernli




Yana bir ma'lumot. Statistik ma'lumotlarning barcha - barchasi Angliya premer ligasining statistika markazi tomonidan hisoblanadi va siz o'yin davomida o'z ochkolaringizni kuzatib borishingiz mumkin. Aynan mana shunisi bilan o'yin mukamallikka erishgan.

Demak, www.eplmanager.com saytiga marhamat. Shoshiling vaqt kam qoldi!


Android uchun mobil ilova: https://goo.gl/MglWW9
iOS uchun mobil ilova: https://goo.gl/tECQzP


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia