Enrike PSJ bosh murabbiyi sifatidagi fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
6 iyul 2023, 09:35
Luis Enrike PSJ bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqish istagida.

"Menga bosim yoqadi. Raqiblarimizda tajriba kattaligi, biz ularning darajasiga chiqib ololmasligimizni bildirmaydi. 

Maqsadimiz - Chempionlar ligasi. Maqsadga ega bo'lish ajoyib. Bu sinov. Lekin men barchasiga tayyorman. 

Men futbolchi bo'lganman, "Barselona"da o'ynaganman, katta klublarda murabbiy bo'lib ishlaganman. Yulduzlar bilan ishlaganman va ular egoist va aqlli bo'lishlarini bilaman. Agar sen ularga yordam berish uchun kelganingni bilishsa, seni qo'llab-quvvatlashadi. Ular uchun sahna tayyorlash kerak - shundan so'ng ular o'zlarini ko'rsatishadi. 

Biz hujumkor futbol ko'rsatishimiz lozim - bu muhokama qilishini ham kerak emas. Mening falsafam shunday. Vazifam - futbolchilardan individual tarzda ham, jamoa sifatida ham maksimumni chiqarib olishdir", - dedi parijliklarning yangi ustozi Enrike. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: RMC Sport