Endryu Robertson: “Avval guruhdan chiqib olishimiz kerak”

Aslanov Jasurbek
1 dek 2020
“Liverpul” himoyachisi YCHL 5-turi doirasida “Ayaks”ga qarshi bahsdan oldin fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz Yevropa grandlaridan biriga qarshi o'ynaymiz. Vazifa qiyin ekanligini tushunamiz, ammo yutuqqa nima qo'yilganini ham bilamiz. Biz ushbu musobaqada ko'proq narsaga erishishni istaymiz. Biroq avval guruhdan chiqib olishimiz kerak, eng muhim shu. Buni yoddan chiqarmasdan g'alaba uchun qo'ldan kelganini qilish kerak”, - deydi Robertson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA