

"Shporlar" "rossoneri"ning ikki taklifini rad etdi va futbolchi uchun 20 million evrodan ko'proq bo'lgan mablag' talab qilmoqda.
Emerson Royal "Tottenxem"ga 2021 yil avgustida "Barselona"dan ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsum 25 yoshli chap qanot himoyachisi 24 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka olgan.
"Transfermarkt" portali braziliyalikni 18 million evroga baholamoqda.



