Emeri: "Remsi yozgacha "Arsenal"da qoladi deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2019, 11:13
"Arsenal" ustozi Unai Emeri jamoa yarim himoyachisi Aaron Remsi joriy mavsum oxirigacha klubda qolishini kutmoqda.

Oldinroq, xavbekka "Real", PSJ, "Yuventus", "Bavariya" va "Inter" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

"Hozir u biz bilan ishlayapti va u yozgacha qoladi deb o'ylayman. U "Liverpul"ga qarshi bahsda yaxshi harakat qildi. 15 daqiqa o'ynab, gol urdi. Remsi jamoamizga ishonch bag'ishladi" - deydi Emeri.

Aaron Remsi joriy mavsum APLning 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports