Emeri: "Arsenal" Angliya va dunyoning eng yaxshi klubi bo'lishini istaymiz"

Aslanov Jasurbek
27 apr 2019, 14:12
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaning rivojlanish rejalari haqida aytib berdi.

"Biz "Arsenal" Angliya va dunyoning eng yaxshi klubi bo'lishini xohlaymiz, ammo bu tez amalga oshmaydi. Bazida sabrli bo'lish kerak. Biz Chempionlar ligasida o'ynamoqchimiz, ammo buning uchun mehnat qilish va vaqt kerakligini bilamiz. Angliyada yaxshi futbolchilarga ega yana 5ta klub bor.

Angliya Premer-ligasi - dunyodagi eng qiyin chempionat. Boshqa hech bir mamlakatda kuchli to'rtlikka kirish va Chempionlar ligasida o'ynash uchun bunday kurash kechmaydi" - deydi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com