Elyor Orifov: “O'z xatolarimiz tufayli mag'lub bo'ldik”

Narzulla Saydullayev
9 may 2016
Oliy liganing 8-turida G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi o'z o'yida Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasini qabul qildi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng “Sug'diyona” jamoasi himoyachisi Elyor Orifov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin juda og'ir kechdi. Ikkala jamoada ham ko'plab vaziyatlar bo'ldi. O'z xatolarimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik. Albatta oldinda hali o'yinlar bor. Xatolarimizdan tug'ri xulosa chiqarib keyingi bahslarda g'alaba uchun kurashishga harakat qilamiz. Muxlislarimiz oldida yuzimizni yorug' qilamiz", - deydi futbolchi.

Dildora Xolboeva suxbatlashdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia