

Elit OCHL beshinchi turidan so'ng "Al Hilol" va "Al Nassr" pley-off yo'llanmasini naqd qilishdi. "Al Shorta" "Al Vasl"ga yutqazganidan so'ng Saudiya Arabistonining ikki klubi keyingi bosqichga chiqqani ma'lum bo'ldi. Chunki jadvalning quyi qismidagi "Persepolis", "Paxtakor", "Al Shorta" va "Al Ayn" klublari endi "Al Hilol" va "Al Nassr"ni quvib eta olishmaydi. Ma'lumot uchun, kecha "Al Ahli" klubi pley-off yo'llanmasini naqd qilgandi.
"Al Sadd" – "Al Hilol" 1:1
Gollar 0:1 – 10 Al Bulayhi, 1:1 – 71 Paulo Otavio.
Al Sadd – Barsham, Saiss, Xuxi, Salmon (Suhayl, 90+9), Gonsales (Jovani, 66), Abdurazzoq (Unas, 67), Attal (Paulo Otavio, 67), Abdulvahob, Kamara, Toriq, Afif.
Al Hilol – Bunu, Al Bulayhi, Kulibali, Tombakti, Al Dovsari, Markos Leonardo (Milinkovich-Savich, 66), Lodi (Al Xarbi, 90+2), Al Dovsari (Al Xamdan, 79), Kanno, Joau Kanselu (Al Shahroni, 90+2), Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Al Dovsari (16), Afif (45+5).





