Eldor Shomurodov Shirshov va Rashidovga yetib oldi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2019
Kecha O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Mazkur bahsda Eldor Shomurodov ikkita gol urdi va terma jamoadagi o'z gollari sonini 13taga etkazib oldi.

Shunday qilib, Shomurodov Nikolay Shirshov va Sardor Rashidovga yetib oldi. Bu futbolchilar hisobida ham 13tadan gol bor.

O'zbekiston terma jamoasida eng ko'p gol urgan futbolchi Maksim Shackix (34ta gol) hisoblanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia