Eldor Shomurodov Eron darvozasiga gol urgan o'zbekistonlik ikkinchi futbolchi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
8 okt 2020, 20:34
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuvda terma jamoamiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'yinda terma jamoamizning yagona goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. 

Qayd etish lozimki, Eldor Shomurodov Eron terma jamoasi darvozasiga gol urgan o'zbekistonlik ikkinchi futbolchi bo'ldi. 

Bungacha Ulug'bek Baqoev eronliklar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. Terma jamoamizning yana bir goli esa eronlik futbolchi tomonidan avtogol sifatida qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia