Eldor Shomurodov "Atalanta"ga ikkita gol urganidan keyin nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
15 may 2021, 21:50
"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov "Atalanta"ga qarshi bahsdan so'ng (3:4) klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Ushbu o'yinda o'zbekistonlik hujumchi zaxiradan maydonga tushib dublga erishdi.

- Bugun zaxiradan maydonga tushib darhol gol urdingiz, o'yinga juda yaxshi qo'shilib ketdingiz...

- Ha, maydonga tushishdan oldin murabbiy menga aytgan ko'rsatmalarni bajarishga urindim xolos.

- A Seriyadagi debyut mavsumda hozircha 7ta gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?

- Kutmagandim, ammo o'zimni yaxshi tomonlama ko'rsatishga harakat qildim.

- Goran Pandev bilan birga o'ynash haqida nima deysiz?

- Bu ajoyib. Undan ko'p narsa o'rganish mumkin va hozirgacha ko'p narsa o'rgandim.

- Bu mavsumdagi eng yodda qolgan golingiz qaysi?

- "Speciya" bilan bahsdagi gol, sababi o'sha o'yinda g'alaba qozongandik.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia