Eldor Sakaev: "Futbolda gol urmasang yutmaysan"

Narzulla Saydullayev
25 apr 2021, 22:15
O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Yangier" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Sakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Tezkor gol o'yinga tayyorlagan rejalarimizni o'zgartib yubordi. Umumiy xolatda oldindan tayyorlangan reja asosida harakatlandik. Bugungi bahsda hujum va himoya chizig'ida mukammal o'yin namoyish etishimiz talab etilardi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, afsus foydalana olmadik. Yigitlar o'yin davomida xato qilmaslikka harakat qilishdi. Baribir Superliga va Pro-liga darajasida farq bor. "Metallurg" mahorat borasida bizdan ustunlik qildi. Xatolarimiz bormi, demak yanada ishlashda davom etamiz. Ikkinchi bo'limda tavakkal qilib oldinga o'tdik, 1:0 yoki 2:0 hisobining farqi yo'q edi. Muxlislarning qo'llab-quvvvatlashi jamoaga eng yaxshi dalda hisoblanadi, ularga minnatdorchilik bildiraman. Vaziyatlar borasida, jamoaviy o'yin borasida ishlaymiz.

- Ikkinchi bo'limda raqib darvozasini ishg'ol etish nima yetishmadi?


- Aniqlik va yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik. Bir-ikki yaqqol golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Futbolda gol urmasang yutmaysan. So'ngi turda "Mashal" bilan o'ynaymiz. Bu o'yinga astoydil harakat qilib g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia