“El Klassiko” oldidan Ronaldu umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmayapti

21 dek 2017, 23:01
“Real” La liganing 17-turida “Santyago Bernabeuda” “Barselona” bilan kuch sinashadi.

Qirollik klubi  ushbu o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Madridliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu hali hamon indvidual tarzda shug'ullanmoqda

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi jamoadoshlaridan farqli ravishda bir o'zi to'psiz va va to'p bilan mashg'ulot o'tkazdi.

Ronaldu klublar o'rtasidagi  jahon chempionati final uchrashuvidan keyin oyog'ida og'riqni his qilgan. 32 yoshli futbolchi o'yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda “el klassiko”ga qadar maydonga tushishga tayyor bo'lishini takidlagan edi.

Bir qator ispan OAVlari Ronalduning “Barselona”ga qarshi maydonga tushishi so'roq ostida ekanligi haqida xabar berishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Реал" клуби расмий сайти