"El Klasiko"gacha. 2002 yildan beri bo'lmagan voqea bugun bo'lishi mumkinmi?

Mirjalol Normatov
6 may 2018, 13:59
"El Klasiko"ga doir qiziqarli ma'lumotlarni taqdim qilishda davom etamiz.

- "Barselona" bu mavsumdagi eng sermahsul jamoa - 87 gol.

- "Barselona" LaLigada so'nggi 41 uchrashuvda mag'lub bo'lmadi.

- "Barselona" so'nggi 7 turda ikkitadan ko'proq gol kiritdi.

- "Barselona" mavsumda 21 gol o'tkazib yubordi.

- "Barselona" mavsumda o'z maydonida 8 gol o'tkazib yubordi.

- Leo Messi ayni damda chempionatning to'purari - 32 gol.

- "Barsa" va "Real" 2002 yildan keyin biror marta ham 0:0 hisobini qayd etmagan.

- So'nggi 8 "Klasiko"ning 5tasida mehmon jamoaning qo'li baland kelgan.

- "Real" so'nggi 6 safar uchrashuvlarida 15 gol kiritgan.

- "Barselona"ning Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembelesi bor hujumkor uchligi "Real"dagi raqiblari Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzemadan ko'ra 6 gol ko'proq kiritgan.
"Ko'k-anorranglilar" futbolchilari barcha turnirlarda umumiy 74 gol kiritgan bo'lsa, Madrid superklubi a'zolari 68 bora raqib darvozasini ishg'ol etdi.

- "Real" bu mavsum safarda 16 uchrashuv o'tkazdi va 10tasida g'alabaga erishdi. 34 gol urib, 17 gol o'tkazib yubordi.

- "Real" bu mavsum safardagi 4 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia