EL. Ispan klubidan ustun kelgan "Inter" chorak finalga yo'l oldi

6 avg 2020, 02:00
Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi "Inter" hamda "Xetafe" klublari o'rtasidagi bahs nihoyasiga etdi.

Ushbu uchrashuv taqdirini "neradzurrilar" hujumchisi Romelu Lukaku (33) va daniyalik yarim himoyachi Kristian Erisen (83) tomonidan urilgan gollar hal qildi - 2:0.

Inter (Italiya) – Xetafe (Ispaniya) 2:0 

6 avgust, 00.00, Feltins-Arena

Gollar:

1:0 – 33 Lukaku, 2:0 – 83 Eriksen.

Inter – Xandanovich, D`Ambrozio (Biragi, 84), Bastoni, de Vrey, Yang, Galyardini, Brozovich (Eriksen, 82), Barella, Godin, Lukaku, Martines (Sanches, 70).

Xetafe – Soriya, Kukurelya, Echeyta, Suares, Nom (Djeyson, 69), Arambarri (Duro, 89), Timor, Olivera (Portilo, 88), Maksimovich (Anxel Rodriges, 56), Djene, Mata (Molina, 69).

Ogohlantirishlar:

Suares (90).

Eslatib o'tamiz, UEFA mazkur juftlik chorak final bosqichi masalasini bitta o'yinda aniqlashtirib olishi to'g'risida qaror qabul qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia