El Chiringuito: Real yozda Ronaldu, Benzema, Ramos, Kroos, Cherishev va yana 4 futbolchini sotmoqchi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2015, 09:30
Real prezidenti Florentino Peres mavsum tugagach jamoa tarkibini keskin o'zgartirmoqchi.

El Chiringuito nashrining xabariga ko'ra, Rafael Benites katta ehtimol bilan yozga qadar iste'foga chiqariladi.

Bundan tashqari Peres 9 nafar futbolchini taxminan 200 million evroga sotmoqchi. Real Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramosning transferidan 60 va 40 million ishlab olmoqchi. Undan tashqari Karim Benzema, Toni Kroos, Xese, Isko, Alvaro Arbeloa, Keylor Navas va Denis Cherishev ham klubni tark etishi mumkin.

Real yozda David De Xea (MYU), Robert Levandovski (Bavariya) va Eden Azar (Chelsi) kabi futbolchilarni sotib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-english.com