Eksklyuziv xabar: Jasur Yaxshiboev ertaga "Legiya" safida tibbiy ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2021, 21:54
O'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev faoliyatini Polshada davom ettirishga yaqin.

6 fevral kuni saytimizda Yaxshiboevga "Legiya" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Jasur Yaxshiboev ertaga, 12 fevral kuni "Legiya" klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tishni boshlaydi. Barcha testlar muvaffaqiyatli topshirilgach futbolchi va klub o'rtasida shartnoma imzolanadi. 

Quyida hamyurtimiz uchun tayyorlangan jadval bilan tanishish mumkin:

Juma, 12 fevral

08:00 - qon tahlili
08:30 - funkcional test
15:30 - 16:30 - yurak tekshiruvi
17:00 - MRT (1-qism)
18:30 - 19:00 - rentgen
20:00 - 21:00 - MRT (2-qism)

Shanba, 13 fevral

09:00 - 12:00 - yugurish testi



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia